AsosiyMadaniyat

Madaniy faoliyat sohasida davlat organlarining vakolatlari belgilandi

'Madaniy faoliyat sohasida davlat organlarining vakolatlari belgilandi'ning rasmi

2021 yilning 20 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to`g`risida”gi Qonun imzolandi.

Qonun bilan madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini ro`yobga chiqarishni amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari belgilandi.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasi mazkur sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta`minlaydi hamda davlat boshqaruvi organlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Endilikda, har bir shaxs madaniy faoliyat sohasida mulk huquqiga ega.

Mulk huquqi tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o`zgacha madaniy qimmatga ega bo`lgan ashyolarga, shuningdek moddiy madaniy meros ob`ektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin.

Madaniyat tashkilotlari madaniy faoliyatning turlariga qarab quyidagi toifalarga bo`linadi:

● madaniy-tomosha tashkilotlari;

● madaniy-ma`rifiy tashkilotlar;

● boshqa madaniyat tashkilotlari.

Madaniyat tashkilotlari mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida tashkil etiladi.

Davlat madaniyat muassasalariga va tashkilotlariga madaniyat hamda san`at sohasida erishgan yutuqlari uchun Hukumat taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan “Milliy” yoki “Akademik” maqomi berilishi mumkin.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarining attestasiyasi uch yilda bir marta o`tkaziladi.

Boshqa yangiliklar