Davlatimiz rahbari Buxoro shahrining Nizomiy mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko`rdi.
Ilgari bu hududda pana-pastqam, kanalizasiyasi yo`q uylar bo`lib, shahar ko`rkini buzib turardi. O`tgan yili bu erda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalari barpo etildi.
Shavkat Mirziyoev mehnat faxriysi Ne`mat ota Xotamov xonadoniga kirdi. Dasturxon atrofida dildan suhbat bo`ldi.
Bu oila oldin shu mahalladagi eski uyda istiqomat qilar edi. Endi barcha ushbu zamonaviy mavzeda yashayotganidan rozi.
Prezident xalqimiz mana shunday zamonaviy sharoitlarda yashashga munosib ekanini ta`kidladi.
Shu erda Buxoro viloyatida avtomobil yo`llari qurish va ta`mirlash, Buxoro shahrida oqova suv inshootlari qurish, eski ko`p qavatli uylar qiyofasini yangilash rejalari haqida axborot berildi.
Davlatimiz rahbari Toshkentga jo`nab ketdi.







