Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Gelendjikdagi saroy na unga va na uning yaqin qarindoshlariga tegishli emas. Bu haqda tass.ru yozmoqda.
"Men ushbu filmni ko`rmadim, shunchaki bunday ma`lumotlarni ko`rish uchun bo`sh vaqtim bo`lmaganligi sababli, lekin men yordamchilar olib kelgan videolarni ko`rayapman",– dedi u universitet talabalari bilan onlayn uchrashuvda.
Davlat rahbari ular ruslarning miyasini Gelendjikdagi "saroyi" haqidagi mish-mishlar bilan yuvishga urinishgan deb hisoblamoqda.
"Ushbu ma`lumotlar allaqachon 10 yildan ortiq vaqt davomida tarqatilgan. Va endi qulay imkoniyat uchun ular hamma narsani yig`dilar va barcha shu materiallar bilan bizning fuqarolarimizning miyasini yuvishga qaror qildilar, Internetda qandaydir filmlar, video dasturlarni ishga tushirishdi",– dedi Prezident.
Ma`lumot o`rnida, Aleksey Navalniyning “Putin uchun saroy” filmida Gelenjikdagi hashamatli uy tasvirlangan.