1

Rossiyalik ona uy vazifasini bajara olmagan o`g`lini urib o`ldirdi

Dunyo 09.02.2016, 21:15
Rossiyalik ona uy vazifasini bajara olmagan o`g`lini urib o`ldirdi

7  yoshli bolakayning o`limi bo`yicha ishni Tomskiy viloyati gubernatori Sergey Jvachkin o`z nazoratiga oldi, deb xabar beradi “Vesti” nashri.

“Yuz bergan hodisadan dahshatga tushdim”, —deydi gubernator.

Hodisa 2016 yilning 7 fevral kuni sodir bo`ldi. 28 yoshli ayol 7 yoshli o`g`li uy vazifasini qila olmagani uchun uni o`lasi qilib kaltaklaydi. Kuchli zarbalardan bola hushini yo`qotadi. Shundan so`ng qilmishidan qo`rqib ketgan ona tez yordam chaqiradi. Tez tibbiy xizmat xodimlari etib kelganida, bolaning joni uzilgan edi.

“Gubernator va oddiy inson sifatida aytamanki, sud himoyasiz bolaga qo`l ko`taradiganlarga nisbatan odil jazo tayinlashi kerak” — dedi Jvachkin.

Vafot etgan bola Andreyning onasi qo`rqib ketgan va hamma aybini o`z bo`yniga olgan. Hozirda o`lim holati bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

  

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1