Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do`stov Italiyaning Bergamo shahrida davom etayotgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini g`alaba bilan boshladi, deb yozadi “Olamsport” nashri.
Musobaqaning mukofot jamg`armasi 42.500 evroni tashkil qiladi. Qur`a natijasiga ko`ra Farrux Do`stov ilk davrada turnirning to`rtinchi raketkasi Bosniya va Gersegoviniya vakili Mirza Basichga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan qiyin uchrashuvda Do`stov kuchli raqibini 4:6, 6:3, 6:4 hisobida mag`lub etdi.
Endi Farrux Do`stov ikkinchi davrada fransiyalik Gregor Barrerega qarshi kortga chiqadi,





