AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev JSTning yangi bosh direktoriga tabrik yo`lladi

'Shavkat Mirziyoev JSTning yangi bosh direktoriga tabrik yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaga ushbu yuksak va mas`uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo`lladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Davlatimiz rahbari o`z maktubida yangi bosh direktor rahbarligida ushbu tashkilotning o`rni va nufuzini oshirish borasidagi samarali islohotlar amalga oshirilishi hamda global inqirozni bartaraf etish va xalqaro savdo munosabatlari tizimini yanada rivojlantirish bo`yicha ta`sirchan choralar ko`rilishiga ishonch bildirdi.

Mamlakatimiz tez fursatda JSTga a`zo bo`lishi masalasida yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani alohida ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar