1

Kun hikmati

Mutolaa 12.02.2016, 10:40
Kun hikmati

Ne balo biyikturur davlat tog`i,
Ko`hi g`amni ne bilur davlat tog`i.
Himmate tut, dog`i davlat istagil,
Ximmating bo`lsa, bo`lur davlat tog`i.

***

Yangi oy yor yuzi birla ko`rub el shod bayramlar,
Manga yuzu qoshingdin ayru bayram oyida g`amlar.

Mening bu tori mo` yanglig` tanimg`a toblar soldi
Ul oyning yuzida sunbul kibi zulfidag`i xamlar.

Havog`a dudi ohin tutratur ishq ahli g`ayratdin,
Sabo tahrikidin har gah parishon bo`lsa parchamlar.

Ochildi zulfiyu xaylar namudor o`ldi yuzinda,
Gul uzra chun bo`lur paydo kecha ochilsa shabnamlar.

Menu g`am kunjiyu ohu fig`oni ashku xunolud,
Ne xushdur go`shayi xoliy, mayi sofiyu hamdamlar.

Ko`ngulni ishq buzdi, ne osig` pandu nasihatdin,
Mening majruh ko`nglumga yarashmas ushbu marhamlar.

Yuzi navro`zi, asli iydni Bobur g`animat tut
Ki, mundin yaxshi bo`lmas bo`lsa yuz navro`zu bayramlar.

Zahiriddin Muhammad Bobur

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1