AsosiySiyosat

Xurshid Odilov Namangan shahri prokurori etib tayinlandi

'Xurshid Odilov Namangan shahri prokurori etib tayinlandi'ning rasmi

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlarga yangi prokuror ham tanishtirildi, deya xabar qildi viloyat hokimligi Axborot xizmati. 

Xurshid Odilov 1981 yili Andijon viloyatida tug`ilgan. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.  

2004–2018 yillarda Paxtaobod va Asaka tumanlari prokuraturasi, Andijon viloyat prokuraturasida faoliyat yuritgan, Ulug`nor tumani prokurori bo`lgan.  

U 2018 yildan hozirga qadar Namangan viloyatining Chust tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o`tamiz, mazkur sessiya ishida Namangan shahriga yangi hokim tayinlangan edi. 

    Boshqa yangiliklar