2021yilning 25 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda Vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvlar va muzokaralar chog`ida O`zbekiston-Hindiston munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi holati va yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Turli darajadagi bo`lajak uchrashuvlar, qo`shma tadbirlarni o`tkazish muddatlari bo`yicha fikr almashiladi, deyiladi rasmiy xabarda.






