AsosiySiyosat

Sadir Japarov O`zbekistonga tashrif buyuradi

'Sadir Japarov O`zbekistonga tashrif buyuradi'ning rasmi

Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov O`zbekistonga rasmiy tashrif uyushtiradi, deya xabar berdi Qirg`iziston tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati.  

Tashrif qachon uyushtirilishi hozircha noma`lum.  

22 fevral kuni O`zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Farxod Arziev va Qirg`iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Nuran Niyazaliev o`rtasida videokonferensiya ko`rinishida suhbat bo`lib o`tdi. Suhbatda tashrifga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish masalalari muhokama qilindi.

Ma`lumot uchun, bugun, 24 fevral kuni Qirg`iziston prezidenti ilk rasmiy tashrif bilan Rossiyaga uchdi.  

Eslatib o`tamiz, Sadir Japarov Qirg`iziston prezidenti sifatida yanvar oyi oxirida ish boshlagan.

    Boshqa yangiliklar