AsosiyJinoyat

O`zbekiston fuqarosi Turkiyada o`ldirib ketildi

'O`zbekiston fuqarosi Turkiyada o`ldirib ketildi'ning rasmi

Turkiyada O`zbekiston fuqarosi o`tkir tig`li jism bilan tan jarohati etkazilish oqibatida vafot etdi. Bu haqda O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Xabarga ko`ra, 23 fevral kuni O`zbekiston fuqarosi O.B. ga nisbatan qasdan badanga o`tkir tig`li jism bilan og`ir tan jarohati etkazish jinoyati sodir etilgan.

Natijada, fuqaro olgan tan jaroxatlari tufayli Istanbul shahrining Bashakshexir davlat shifoxonasida vafot etgan.

Ta`kidlanishicha, mazkur holat O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan kat`iy nazoratga olinib, Turkiyaning vakolatli organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan jasadini O`zbekistonga dafn qilish uchun barcha zarur bo`lgan xujjatlar rasmiylashtirilib, marhumning oila a`zolariga kerakli xuquqiy yordam ko`rsatilgan.

«Bosh konsulxona tomonidan jasadni O`zbekistonda dafn qilish uchun barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilib marhumning oila a`zolariga kerakli xuquqiy yordam ko`rsatildi», – deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar