AsosiySiyosat

Bu - siyosatimizga xiyonat — Shavkat Mirziyoev ayrim rahbarlar faoliyati haqida

'Bu - siyosatimizga xiyonat — Shavkat Mirziyoev ayrim rahbarlar faoliyati haqida'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida xotin-qizlar muammolari masalasiga bag`ishlangan videoselektr yig`ilishi o`tkazilmoqda. Yig`ilishida prezident ayollar muammolarini hal qilishga echim topish zarurligini ta`kidladi.

Qayd etilganidek, joylarda xotin-qizlarning muammolarini o`rganish maqsadida 6,4 million ayol bilan muloqot qilingan, natijada 433 ming nafar xotin-qiz “Ayollar” daftariga kiritilib, elektron baza shakllantirilgan.

Shundan, 253 ming nafari ishsiz, 44 ming nafari tibbiy, 48,5 ming nafari huquqiy va psixologik yordamga muhtoj, 37 ming nafari boquvchisini yo`qotgan, 33,5 ming nafari nogironligi bo`lganlar, 9 ming nafari noturar joyda yashovchilar, 8 ming nafari esa nogironligi bo`lgan farzandini tarbiyalayotgan yolg`iz ayollarni tashkil etadi.

O`tgan uch oyda respublika komissiyasi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 80 ming nafar xotin-qizning (19 foiz) muammolari hal etilgan.

Davlatimiz rahbari mahalla raisi, uning xotin-qizlar bo`yicha o`rinbosari boshchiligidagi Ayollar maslahat kengashlari “xonadonbay” xotin-qizlar muammolarini aniqlab, sektor rahbarlari oldiga aniq va lo`nda masalalarni qo`yishi kerakligini qayd etdi.

Sektor rahbarlari, hokimning xotin-qizlar bo`yicha maslahatchisi bilan birga, aniqlangan muammolarning echimi bo`yicha “Yo`l xaritalari” ishlab chiqib, mahalliy kengashlarga kiritishi va ijrosi bo`yicha har oyda xalq vakillariga hisobot berishi ta`kidlandi.

Tuman va shahar hokimining mahalla va iqtisodiyot bo`yicha o`rinbosarlari ayollar bandligini ta`minlash, boquvchisini yo`qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj nogironligi bo`lgan ayollarni moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash;

hokimning ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosarlari tibbiy himoya va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar, nogironligi bo`lgan bolalari mavjud yolg`iz ayollarni qo`llab-quvvatlash;

tuman “Xalq banki” rahbarlari xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilishga;

tuman prokurori, ichki ishlar va adliya bo`limlari boshliqlari huquqiy yordam olishga muhtoj, zo`ravonlikka uchragan xotin-qizlarga ko`maklashishga mas`ul bo`ladi.

Tuman xotin-qizlar va mahalladagi Ayollar maslahat kengashlari ajralishlarning oldini olish, notinch oilalardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga mas`ul bo`ladi. Ushbu rahbarlar haftaning 2 kuni faqat ayollar masalalari bilan shug`ullanadi.

Viloyat va respublika darajasidagi rahbarlar ham ushbu tizim asosida belgilangan yo`nalishlarga mas`ul bo`ladi. Respublika komissiyasi xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash sohasida davlat idoralarining hamkorligini muvofiqlashtirib boradi.

– Menga balanparvoz gaplar kerak emas. Shodiyona va Bunyodkor mahallalaridagi ahvol joylarda vaziyat qanday ekanini yaqqol ko`rsatdi. Bu - siyosatimizga xiyonat. Mo``tabar ayolning izzat-ikromini joyiga qo`ymas ekanmiz, qilayotgan barcha ishlarimiz behuda. Bugun yig`ilishda so`zga chiqadigan rahbarlar ham quruq hisobot emas, masalaning aniq echimlari bo`yicha takliflarini bersin, – dedi davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar