Tojikiston va O`zbekiston Tashqi ishlar vazirliklari vakillari muzokaralar o`tkazdilar. Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so`ng mintaqaviy ommaviy axborot vositalarida Tojikiston tashqi ishlar vazirining o`rinbosari Xusrav Noziri va O`zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Farhod Arziev chegaralarni ochish masalasini muhokama qilgani haqida ma`lumotlar paydo bo`ldi.
Xususan, Tojikiston va O`zbekiston o`rtasidagi quruqlik chegaralari Navro`z uchun ochiq bo`lishi mumkinligi haqida xabar berilgan.
"Biz O`zbekiston bilan juda yaqin va do`stona munosabatlarga egamiz. Biz transfer sohasida juda yaqin hamkorlik qilamiz va o`zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qilamiz, ammo ikki davlat chegarasida quruqlikdan o`tish punktlarini ochish to`g`risida muzokaralar olib borilmayapti", dedi Tojikiston Transport vaziri Azim Ibrohim.