Bu haqda Axborot xizmati xabar berishicha, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to`lovchilarning murojaatlari asosida faoliyati shubhali deb topilgan korxonalar bilan amalga oshirilgan bitimlarni o`rganib chiqish uchun tezkor ravishda kameral soliq tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 28 fevral holatiga respublikamiz bo`yicha jami 7 240 ta korxonada 728,8 mlrd. so`mlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qo`shilgan qiymat solig`i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo`yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi.
Natijada:
– 7 120 ta, ya`ni 98,4 korxonada (728,8 mlrd. so`m) «soxta» operasiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;
– Shundan 103 ta tashkilotda (13,5 mlrd. so`m) QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlandi;
– 116, ya`ni nazorat tadbirlari o`tkazilgan 1,6 foiz soliq to`lovchilar tomonidan 18,6 mlrd. so`mlik QQS summasini to`g`ri hisob (zachet)ga olganligi holatlari bo`yicha asoslovchi xujjatlar taqdim etildi.
Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablag`larni qaytarish bo`yicha tezkor jarayonlar boshlandi.
Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 156 ta korxona tomonidan QQS summasini to`g`ri hisob (zachet)ga olish bilan bog`liq yo`l qo`yilgan boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,8 mlrd. so`mlik soliqlar qo`shimcha hisoblandi.
Murojaatlarni ko`rib chiqish davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
Zarar ko`rgan yirik tashkilotlar safida “O`zbekiston temir yo`llari” ham bor — QQS mojarosi haqida
«Obnal firma»lar bilan «soxta» bitim tuzgan davlat korxonalari ro`yxati e`lon qilindi