AsosiyJinoyat
2361

Namanganda inspektorga pora taklif qilgan haydovchi qo`lga olindi

'Namanganda inspektorga pora taklif qilgan haydovchi qo`lga olindi'ning rasmi

2021 yilning 7 mart kuni, Namangan viloyat IIB YHXB 4-safarbarlik guruhi inspektori shu yil 6 mart kuni soat 20:30 larda, Kosonsoy tumanida xizmat olib borayotganida, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1966 yilda tug`ilgan fuqaro avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish va to`plangan hujjatlarni ma`muriy sudga taqdim etmaslik evaziga 100 AQSh dollari va 500.000 so`m pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Xabarda aytilishicha, ayblanuvchi boshqaruvidagi VAZ-2101 rusumli avtomashinasini to`xtatilgan vaqtida u spirtli ichimlik iste`mol qilib, avtomashina boshqarganligini aniqlangan. 

Inspektori viloyat IIB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan va 7 mart kuni soat 17:30 larda, O`z.R IIV O`XB Namangan viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari va viloyat IIB hamda tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, tuman IIB YHXB jarima maydoni oldida fuqaro YHXB inspektoriga 100 AQSh dollari va 400.000 so`m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ushbu holat bo`yicha Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar