AsosiyJinoyat

Toshkent shahar IIBB qidiruvdagi shaxsni topishda fuqarolardan yordam so`ramoqda

'Toshkent shahar IIBB qidiruvdagi shaxsni topishda fuqarolardan yordam so`ramoqda'ning rasmi

1993 yilda tug`ilgan, ilgari bir necha bor sudlangan Meliqo`ziev Javohir Jahongirovich qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Meliqo`ziev J. Chilonzor, Mirzo-Ulug`bek va Yakkasaroy tumanlarida oltita o`g`irlikni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Gumonlanuvchi kvartiralardan oltin taqinchoqlarni o`g`irlab, u erga kirish eshigi qulfini sindirib kirib, keyin Qo`yliq bozorida sotgan.

"Hurmatli Toshkent aholisi va mehmonlari! Agar sizda J. Meliko`zievning qaerdaligi haqida ma`lumot bo`lsa yoki gumonlanuvchiga o`xshagan odamni ko`rsangiz, iltimos, bizga +998998487577 yoki +998977104994 raqamlari orqali xabar bering",–deyiladi IIBB axborotida.  

Boshqa yangiliklar