AsosiyJinoyat
2985

Namanganda IIBning “102” tizimiga yolg`on ma`lumot bergan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'Namanganda IIBning “102” tizimiga yolg`on ma`lumot bergan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Joriy yil 8 fevral kuni Namangan viloyat IIBning “102” tizimiga, Uychi tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro murojaat qilgan. Murojaatda shu kuni soat 20:00 larda tanishi "Damas"ni "Neksiya 2" quvib kelib, Uychi tumani hududida qisib to`xtatib, 500 AQSh dollari va “Redmi 9” rusumli uyali telefon apparatini olib ketib yuborganligini ma`lum qilgan. 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, murojaatchi jinoyat haqida bila turib, yolg`on xabar berganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Uychi tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 237-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar