Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yarim-yalong`och holatda sumalak qilayotgan ayollar videosi tarqaldi.
Bugun esa ijtimoiy tarmoqlarda ayollarning uzr so`rab chiqqani aks etgan video ham paydo bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, video Urganch shahridagi “Saxara” kafesi oldida, shu kafeda ishlovchi bir guruh xotin-qizlar sumalak tayyorlayotganda tasvirga olingan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keskin tanqid qilingan ushbu videolavhada aks etgan holat yuzasidan hozirgi kunda Urganch shahar IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Surishtiruv yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi, deya xabar bergan edi Xorazm viloyati IIB Axboorot xizmati.