AsosiySiyosat

Vengriya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo`ladi

'Vengriya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo`ladi'ning rasmi

Joriy yilning 29-31 mart kunlari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Bo`lajak oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif doirasida O`zbekiston va Vengriya etakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida O`zbekiston-Vengriya ishbilarmonlar kengashining birinchi yig`ilishi o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

Bosh vazir Viktor Orban tashrif dasturiga muvofiq ilmiy va tarixiy ob`ektlar bilan tanishadi.

Tashrif yakunida iqtisodiyot, energetika, ta`lim va kadrlar tayyorlash, madaniyat, hududlararo hamkorlik, bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar