AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Turkiy kengash mamlakatlari hududida “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oshirishni taklif qildi

'Shavkat Mirziyoev Turkiy kengash mamlakatlari hududida “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oshirishni taklif qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videoanjuman shaklida o`tgan norasmiy sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev kengash davomidagi nutqida bir qancha takliflar bildirdi. Kengashga a`zo davlatlar miqyosida "Tabarruk ziyorat"ni amalga oshirish ham shular jumlasidandir: 

Dinimiz tarixida beqiyos iz qoldirgan ulug` bobolarimiz merosi bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish ezgu intilishlarimizga mosdir.

Bu borada mamlakatlarimiz hududida joylashgan muqaddas qadamjoylar bo`ylab “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oshirishni taklif etamiz.

Buning uchun Kengash doirasida Ziyorat turizmini rivoj-lantirish dasturini qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

    Boshqa yangiliklar