AsosiyIqtisodiyot

O`zbekiston MDH hududida pivo mahsulotlarini majburiy raqamli markalashni boshlagan birinchi mamlakat bo`ldi

'O`zbekiston MDH hududida pivo mahsulotlarini majburiy raqamli markalashni boshlagan birinchi mamlakat bo`ldi'ning rasmi

Tamaki va alkogolli ichimliklar, shu jumladan, pivo mahsulotlarini raqamli yorliqlash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish CRPT Turon kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, deya xabar qilmoqda Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmati. 

Tizimni tatbiq etish doirasida «Asl belgisi» nomli milliy axborot tizimi ishga tushirildi va 2021 yil 1 yanvardan tamaki va alkogolli mahsulotlarning majburiy raqamli markirovkasi boshlandi. 1 aprel holatiga ko`ra, tizimda alkogol va tamaki mahsulotlari tarmog`ining 7800 dan ortiq ishtirokchilari ro`yxatdan o`tkazildi.

Xuddi shu hukumat qarori bilan Davlat soliq qo`mitasi zimmasiga 2021 yil 1 apreldan boshlab yorliqli pivo mahsulotlari ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishni ta`minlash vazifasi qo`yildi. Shu kuni mamlakatning uchta eng yirik pivo zavodlarida (bozorning 76,9 foizi) yorliqli mahsulotlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi, deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, Rossiyada pivo mahsulotlarini markalash 1 aprelda boshlangan va u 31 avgustgacha davom etadigan eksperiment bosqichida. «RBK» ma`lumotlariga ko`ra, yorliqli mahsulotlarni tayyorlashning o`rtacha vaqti to`rt oydan to`qqiz oygacha davom etadi, uning amalga joriy etilishi sentyabr oyidan oldin boshlanmaydi.

Boshqa yangiliklar