AsosiyIqtisodiyot

“Qimmatli qog`ozlarning markaziy depozitariysi” hisob raqamlari Markaziy bankka o`tkaziladi

'“Qimmatli qog`ozlarning markaziy depozitariysi” hisob raqamlari Markaziy bankka o`tkaziladi'ning rasmi

“Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF–6207-son, 13.04.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Farmon bilan Kapital bozorini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari etib, jumladan, quyidagilar belgilandi:  

➖ kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023 yil yakuniga qadar 45 trln so`mga etkazish, bank tomonidan kreditlashga muqobil bo`lgan samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratish;

➖ kapital bozorini tartibga solishning yaxlitligini va tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni ta`minlovchi qonunchilik bazasini yaratish;

➖ minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilimlari, ko`nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo`llab-quvvatlash dasturlari doirasida 2023 yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish.

 Farmonga ko`ra, 2021–2023 yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturi hamda uni amalga oshirish natijasida erishiladigan maqsadli ko`rsatkichlar tasdiqlandi.  

Erkin muomaladagi qimmatli qog`ozlarning umumiy hajmini yalpi ichki mahsulotning kamida 5 foiziga etkazish Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi.

2023 yil 1 yanvardan mahalliy emitentlar o`z aksiyalarini dastlab respublika fond birjasida joylashtirgandan so`ng anderrayter tavsiyasiga ko`ra xorijiy fond bozorlarida joylashtirishi mumkin.

Ommaviy savdolar orqali aksiyalarni IPO yoki SPO usulida joylashtirish natijalari qayta ko`rib chiqilmaydi.

2021 yil 1 noyabrga qadar “Qimmatli qog`ozlarning markaziy depozitariysi” hisob raqamlari Markaziy bankka o`tkaziladi.  

Farmonga ko`ra, umumta`lim maktablari o`quvchilari hamda noiqtisodiy yo`nalishdagi oliy ta`lim tashkilotlari talabalari uchun “Moliyaviy savodxonlik” o`quv kursi fan sifatida joriy etiladi. 

    Boshqa yangiliklar