2021- yilning 1- aprel holatiga faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik subektlari (fermer va dehqon xo`jaliklarisiz) 432 458 ta bo`lib, shundan xususiy korxonalar soni 90 989 tani (21,0 %) tashkil qildi.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, faoliyat ko`rsatayotgan xususiy korxonalar sonining yuqori ko`rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 12 886 ta
Farg`ona viloyati – 11 131 ta
Qashqadaryo viloyati – 9 509 ta
Namangan viloyati – 7 209 ta
Surxondaryo viloyati – 7 188 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 35 093 ta
sanoatda – 16 171 ta
yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlarda – 7 936 ta
qurilishda – 7 736 ta
qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligida – 6 582 ta






