“Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashga doir choralar to`g`risida”gi Qonun (O`RQ-689, 29.04.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga qo`shimchalar kiritildi. Unga ko`ra, 2021 yil maydan 31 dekabrgacha quyidagilar qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinadi:
-O`zbekiston hududiga o`simlik yog`i, kungaboqar va zig`ir urug`i, shuningdek soya danagini olib kirish;
-o`simlik yog`ini (paxta yog`idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizasiya qilish bo`yicha aylanma.
Qonunga muvofiq, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgacha:
➖ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritiladi;
➖tadbirkorlarga o`zlari tomonidan import qilingan kungaboqar yog`i va kungaboqar urug`larini qayta ishlash natijasida olingan o`simlik yog`ining (TIF TN bo`yicha kodi 1512 11 – 1512 19) 50 foizidan oshmagan qismini eksport qilishga ruxsat beriladi.
Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






