Prezidentga ko‘ra, 2040 yilga borib Orol dengizi havzasida suv taqchilligi yiliga 20 mlrd kub metrgacha yetishi mumkin. Bu esa ekologiya, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalariga jiddiy xavf tug‘diradi.
Mirziyoyev O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarning 60 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgani, har yili 10 mlrd kub metr suv tejalanayotganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, u Jamg‘arma faoliyatini modernizatsiya qilish, moliyalashtirish mexanizmlarini kuchaytirish va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishni taklif etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston 2026–2036 yillarni Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish o‘n yilligi deb e’lon qilish tashabbusini ilgari surdi.






