Ma’lum qilinishicha, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Chust tumanida yashovchi 4 nafar shaxsni noqonuniy yo‘llar bilan haj safariga jo‘natish evaziga 26 ming AQSH dollari talab qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 6 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.






