Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda joriy yilning 3 oyida yirik korxonalar tomonidan 2,2 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan. O`tgan yilning mos davriga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 14,1 % ga oshgan.
Bu ko`rsatkich:
- 2021 yilning yanvar oyida 559,3 ming tonna (o`sish sur`ati 107,3 %)
- 2021 yilning yanvar-fevral oylarida 1,3 mln. tonna (o`sish sur`ati 118,4 %)
Sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyatida 41 %, Toshkent viloyati 40,5 % hamda Farg`ona viloyati 9,6 % hissasiga to`g`ri keldi.






