AsosiyJamiyat

Poytaxt yo`llarini soz holda saqlash vazifasi topshirildi

Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning 26 fevraldagi qarori bilan Toshkent shahar ko`chalaridan foydalanish tartibi tasdiqlandi,deb xabar beradi “Daryo” nashri.

Hujjatda aytilishicha, Toshkent shahar ko`chalaridan foydalanuvchilar ko`chalardan o`tish, muttasil, yil davomida, xavfsiz va qulay sharoitlarda harakatlanish, harakatlanishning yo`l sharoitlari to`g`risida tezkor axborot olish, ko`chalardagi nosozliklar tufayli etkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish huquqlariga ega.

Toshkent shahar ko`chalarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta`minlash maqsadida yo`l xizmati tashkilotlari yo`llarni va yo`l inshootlarini soz holda saqlash, qishda qisqa vaqtda qordan tozalash va muzlamalarning oldini olish uchun tegishli choralar ko`rishi shart.

Yo`l belgilarini amaldagi davlat standartlariga asosan o`rnatish, harakatlanish uchun xavfli bo`lgan uchastkalarni zarur to`siqlar va qurilmalar bilan jihozlash zarur.

Yo`l xizmati tashkilotlariga, shuningdek, yo`l sharoiti bilan bog`liq holda sodir bo`lgan yo`l-transport hodisalarining sabablarini doimiy ravishda o`rganib borish va Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda harakat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar