AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi mobil ilova yaratildi

"Star Palete" mas`uliyati cheklangan jamiyati dasturchilari " GALAGRAM " mobil va kompyuter ilovasini ishlab chiqdilar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi xabar berdi

"GALAGRAM " - bu Android, BlackBerry OS, iQ_S, Svmbian, Windows Phone, Bada platformalarida va kompyuterlarda Windows, OS_X va Linux boshqaruvida ishlaydigan smartfonlar uchun mo`ljallangan internet-telefon.

Bu - bepul krossplatformali messendjer. "Galagram" orqali matnli materiallar, rasmlar, ovozli smaylchalar, foto-, video- va audioxabarlar yuborish, beshta yoki undan ortiq kishilar uchun videokonferensiyalar tashkil qilish, shuningdek onlayn o`yinlar tashkil qilish, xalqaro kirish va chiqish qo`ng`iroqlarini amalga oshirish mumkin. 

Servis xalqaro bozorga mo`ljallangan bo`lib, multitil (ingliz, rus, o`zbek, xitoy va b.) interfeysiga ega. Foydalanuvchilarning akkauntlari telefon raqamlariga ulanadi. Servisda ro`yxatga olish va keyinchalik yangi qurilmalarni avtorizasiya qilishda kodli SMS-xabar yuborish orqali telefon raqami tekshiriladi. Olingan kod mazkur akkaunt uchun yangi mijoz ilovasini avtorizasiya qiladi.

    Boshqa yangiliklar