AsosiyJinoyat

Vobkent tumanida soxta "Milliy gvardiya xodimi" jinoyat ustida qo`lga olindi

'Vobkent tumanida soxta  "Milliy gvardiya xodimi" jinoyat ustida qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 5 may kuni Vobkent tumanida yashovchi, 2000 y.t. fuqaro M.S. o`zini fuqaro B.M. ga go`yoki “Milliy gvardiya xodimi” sifatida tanishtirib, unga sodir etgan huqubuzarligi to`g`risida bayonnoma rasmiylashtirmaslikni va`da qilgan. Natijada bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 200 ming so`m pul talab qiladi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Talab qilingan pulni  A.Somiy ko`chasida joylashgan “Rahmatillo” nomli savdo do`koni oldida fuqaro M.B.ning qarindoshi Buxoro shahrida yashovchi, 1993 y.t. fuqaro T.A.dan pulni olgan vaqtda Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi mas`ullari hamda shahar 1-son IIOFMB xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlanadi.

Mazkur holat yuzasidan, fuqaro M.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar