AsosiySavol-javob

Uy hujjatlari to`liq bo`lmasa merosni qanday rasmiylashtirish mumkin?

'Uy hujjatlari to`liq bo`lmasa merosni qanday rasmiylashtirish mumkin?'ning rasmi

Tahririyatimizga Olmaliq shahridan M.Ahmedova quyidagicha murojaat yo`lladi:

— Opam turmush o`rtog`i bilan 15 yil shar`iy nikoh asosida yashadi. Taqdir ekan, ikkisi ham vafot etishdi. 6 yildan beri men opamning uyida yashayapman. Barcha to`lovlarni to`layapman. Uyni o`zimni nomimga o`tkazishim muammo bo`lyapti. Sababi, uy hujjatlari to`liq emas, buni ustiga pochchamning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasi, ota-onasining o`lim guvohnomalari yo`q. Pochchamning akasi bor, ammo u ham hech nimani bilmaydi. Uyni o`z nomimga o`tkazishim uchun nima qilishim mumkin? 

Savolga javob olish maqsadida fuqarolik ishlari bo`yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi Hilola ERGAShEVA bilan bog`landik:

— Agar uy-joy marhum opangizning nomida bo`lsa va sizdan boshqa qarindoshlari (bolalari, ota-onangiz, opa-singillar, aka-ukalar) bo`lmasa, unda siz yagona merosxo`r sifatida merosni rasmiylashtirishingiz mumkin. Meros notarial tartibda, qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlarni  taqdim qilgan holda rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar  mavjud bo`lmasa, avval sudga qarindoshlik (opa-singgil) faktini tasdiqlash haqida ariza bilan murojaat qilish lozim. Sud qarindoshlik (opa-singil) faktini tasliqlab bersa, keyin merosni  notarial tartibda rasmiyshtirib, merosxo`r sifatida egalikni belgilash mumkin.

Agar nizoli uy pochchangizning nomiga rasmiylashtirilgan bo`lsa, mazkur uyda 18 yil davomida uzluksiz yashab, uy-joyga o`zingizikidek kabi vijdonan munosabatda bo`lib, barcha to`lovlarni shu muddat davomida amalga oshirib kelsangiz, unda egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat – 18 yil asosida (15 yil + 3 yil davo muddati) sudgaariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Dildora NAZAROVA

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar