Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Dohadagi kinofestivalda ishtirok etdi. Bu haqida Saida Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi.
Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, Dohadagi kinofestival mustaqil va mualliflik kinosining eng muhim maydonlaridan biri bo‘lib, o‘ziga xos qarashlar va dadil badiiy pozitsiyaga ega bo‘lgan rejissyorlarga o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatini beradi.
Festival dasturidan o‘nlab mamlakatlardan filmlar o‘rin olgan; yosh mualliflar va mahalliy kinoijodkorlarga alohida e‘tibor qaratilgan bo‘lib, ular uchun maxsus bo‘limlar va tanlov dasturlari tashkil etilgan.
“Bugun Qatar poytaxtining diqqatga sazovor madaniy maskanlarida bo‘lib o‘tayotgan ushbu festivalga tashrif buyurdim. Zamonaviy kino – dolzarb kayfiyat va ma’nolarni aks ettirish, ayni paytda jamiyatimizni qanday mavzular tashvishga solayotganini tushunish usulidir”, deb yozadi Mirziyoyeva.






