AsosiySport

Javohir Sindarov da'vogarlar turniriga yo‘llanma oldi

Bu hodisa O‘zbekiston uchun ilk yo‘llanma. Sindarov Da'vogarlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi.

'Javohir Sindarov da'vogarlar turniriga yo‘llanma oldi'ning rasmi

Grossmeyster Javohir Sindorov Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining yarim finalida hamyurti Nodirbek Yo‘qibboevni tay-breyk bosqichida mag‘lub etib, o‘zbek shaxmat tarixida ilk bor Da’vogarlar turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonliklarning dastlabki ikki klassik o‘yini durang bilan yakunlandi. Ammo 19 yoshli Sindorov tezkor o‘yinda g‘alaba qozondi va ikkinchi o‘yinda durang o‘ynadi (1,5:0,5) va final yo‘llanmasini hamda amaldagi jahon chempioni uchun raqibni aniklaydigan asosiy saralash turniriga avtomatik yo‘llanamni qo‘lga kiritdi.

Finalda Sindorov xitoylik Vey Yiga qarshi kortga chiqadi.

Nodirbek Yo‘qibboev esa uchinchi o‘rin uchun bahsda neytral bayroq ostida dona surayotgan Andrey Yesipenko bilan to‘qnash keladi. Bu o‘yin g‘olibi ham jahon shaxmat tojiga da’vogarlarning 2026 yilgi turniriga yo‘l oladi.

Agar Yo‘qibboev uchinchi o‘rin uchun bahsda g‘alaba qozonsa, O‘zbekiston Da’vogarlar turnirining ikkita ishtirochchisini qo‘lga kiritishi mumkin, bu juda kam uchraydigan hodisa.

Final o‘yinlari 24−26 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.Barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan 14:30 da boshlanadi.

Sindorov va Yo‘qibboev avvalroq Da’vogarlar turniriga yo‘llanma olish o‘zbek shaxmatchilarining 2004 yilda jahon chempioni bo‘lgan Rustam Qosimjonovdan keyingi eng muhim yutug‘i ekanligini ta’kidlagan edi.

    Boshqa yangiliklar