Yangi tuzilgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga AQSh tomonidan Sergio Gor va O‘zbekistoni tomonidan Saida Mirziyoyeva hamrais etib tayinlandi.
"Kengash AQSh va O‘zbekistonning investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirish, AQSh texnologiyalari va iste'dodlari uchun yuqori rivojlanayotgan sohalarni, ayniqsa, IT va raqamli innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va AQSh eksportchilari uchun teng raqobat muhitini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratadi", deyiladi AQShning Toshkentdagi elchixonasi xabarida.






