1

Xotin-qizlarni himoya qiladigan qonun hujjatlari haqida ma`lumot berildi

Jamiyat 25.05.2021, 13:01
Xotin-qizlarni himoya qiladigan qonun hujjatlari haqida ma`lumot berildi

AOKAda bo`lib o`tgan  brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan xotin-qizlar himoyasi borasida batafsil ma`lumot berdi.

So`ngi yillarda xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilishga, ularning huquq va imkoniyatlarini kafolatlashga hamda ayollar va erkaklarning gender tengligini ta`minlashga qaratilgan bir qator muhim qonun hujjatlari qabul qilindi. Jumladan:

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi Qonun

  • “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi Qonun;
  • “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi Qonun;
  • “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori;
  • “Xotin-qizlarni mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori va boshqa yana bir qator qonun hujjatlarini qabul qilindi. 

Zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan xotin-qizlar qanday huquqlarga ega?

"Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida"gi Qonunga ko`ra, tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlanuvchilar:

  • tegishli organlarga yoxud sudga murojaat etish;  
  • bepul huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish huquqiga egadir.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, tazyiq va zo`ravonlikka uchragan xotin-qizlar ariza bilan sudga murojaat etganida DAVLAT BOJI TO`LAShDAN OZOD QILINGAN.

Xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish bo`yicha qanday tartiblar mavjud?

Ijtimoiy yordamga yoki tibbiy himoyaga muhtoj bo`lgan, boquvchisini yo`qotgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilmoqda.

Ushbu daftarga  kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug`ullanish istagida bo`lgan xotin-qizlarga BHMning 150 baravarigacha (36 mln 750 ming so`m) miqdorda 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko`p bo`lmagan muddatda kreditlar ajratiladi. Bundan tashqari “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensasiyasi to`lab beriladi.

Shuningdek qonunchilikka ko`ra, Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashi tomonidan tasdiqlangan ro`yxatlar asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga BHMning ikki baravaridan to`rt baravarigacha (490 ming so`mdan 980 ming so`mgacha) miqdorda bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1