AsosiySUG'DIYONA

Inson irodasi naqadar kuchli ekanligini isbotlagan model qiz

Bundan ikki yil muqaddam Rojdestvo bayramidan bir necha kun oldin braziyalik model Paola Antoninining hayoti bir umrga, keskin o`zgarib ketdi. Sayr vaqtida uni mashina urib yuboradi va oqibatda shifokorlar bir oyog`ini kesib tashlashga majbur bo`lishadi. Boshiga tushgan falokat Paolaning irodasini sindira olmadi, u dunyoga inson har qanday qiyinchilikni enga olish xususiyatiga ega ekanligini isbotlab berdi. 

Biz kundalik arzimas mayda-chuyda omadsizliklardan shikoyat qilamiz. Ishdagi, shaxsiy hayotimizdagi ko`ngilsizliklardan kayfiyatimiz tushib, takrorlanmas lahzalardan unumli foydalanishni, shu bugungi kun uchun taqdirga minnatdorchilik bildirishni  unutib qo`yamiz. Paolaning instagram sahifasiga qo`yilgan suratlari uning hayotidan mamnunligini aks ettirib turibdi. 

   

Paola raqs, fitnes, sport bilan shug`ullanadi, sayohatlarga chiqadi. 

 

   

Oyog`i yo`qligiga qaramay, bu jasur qiz  moddellik kasbini davom ettirmoqda, u teleshoularda faol ishtirok etadi, yirik moda firmalari bilan shartnomalar imzolagan. 

 

Bundan tashqari Paola modalar namoyishi s`yomkalarida ham qatnashib keladi, uning o`z shaxsiy blogi va YouTube`da shaxsiy kanali bor. Paola imkoniyati cheklangan insonlar bilan uchrashib, ularni yashashga undaydi. O`ziga nisbatan ishonch uyg`otishda katta yordam beradi. 

 

    Boshqa yangiliklar