1

O`zbekistonda 1 iyuldan qonunchilikda qanday o`zgarishlar bo`lishi ma`lum bo`ldi

Jamiyat 28.06.2021, 14:47
O`zbekistonda 1 iyuldan qonunchilikda qanday o`zgarishlar bo`lishi ma`lum bo`ldi

O`zbekiston qonunchiligida Prezidentning tegishli qaror va farmonlari bilan 1 iyuldan qanday o`zgarishlar bo`lishi ma`lum qilindi.

Ma`lum qilinishicha, qonunchilikda:

Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo`shimcha to`lov joriy etiladi:

ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo`shimcha to`lovni hisobga olgan holda 256 ming 675 so`mdan 400 ming so`mga oshiriladi;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 ming so`mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo`yicha pensiyalari miqdori 565 ming so`mga etkaziladi;

zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 ming 30 so`mdan 400 ming so`mga etkaziladi.

Boquvchisini yo`qotganlar uchun:

pensiya oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun qo`shimcha to`lov joriy etiladi;

pensiya oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 ming 675 so`mdan 400 ming so`mga oshiriladi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to`lanadi;

nafaqa oluvchi oilalarning barcha a`zolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun nafaqa miqdori 400 ming so`m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun 150 ming so`mdan qo`shiladi;

bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 ming 350 so`mdan 565 ming so`mga oshiriladi.

Olis va chekka hududlarda joylashgan bog`chalarga subsidiyalar to`lanadi:

bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish darajasi past bo`lgan 53 ta tumanda 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratiladi;

Olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi tegishli nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga:

har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha ta`lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya to`lanadi;

«Yoshlar daftari», «Temir daftar» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun davlat maktabgacha ta`lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya to`lanadi;

davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida oylik kompensasiyalar to`lanadi.

Shuningdek, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlarini ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etilishi aytilgan.

Prezidentning «Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko`rsatish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida»gi qaroriga ko`ra, 1 iyuldan:

gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, transfuziologiya va shu sohadagi laboratoriya yo`nalishlari bo`yicha yosh mutaxassislarning xorijdagi etakchi ilmiy va tibbiyot markazlari ish joylarida malaka oshirishi va stajirovka o`tashi bilan bog`liq xarajatlar to`liq qoplab beriladi;

bemorlarning onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot muassasalari yo`llanmalari asosida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan o`tishi bilan bog`liq xarajatlari davlat byudjetidan qoplanadi;

onkologik va gematologik bemorlarning Qoraqalpog`iston va viloyatlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga temir yo`l va aviatransport vositalari orqali kelishi bilan bog`liq xarajatlar tegishli mahalliy byudjetlar mablag`lari hisobidan to`liq qoplab beriladi.

Prezidentning tegishli qarori bilan vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan nodavlat ta`lim tashkilotlari:

ijara to`lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to`lovlar bo`yicha xarajatlar bundan mustasno);

ta`lim jarayoni natijasida olingan, o`zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni ta`lim tashkilotlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar (QQS va foyda solig`i bo`yicha) tatbiq etilgan holda realizasiya qilish huquqiga ega.

Ta`kidlanishicha, 1 iyuldan boshlab 2024 yil 1 iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandachilik bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo`yicha foyda solig`i, mol-mulk solig`i, er solig`i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo`llaniladi. Shu bilan birga, bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etilishi aytilgan.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga quyidagi faoliyat turlari bilan shug`ullanishga ruxsat beriladi:

maxsus avtotransportda tashkil etiladigan «mobil tibbiyot» xizmati yordamida joyiga chiqqan holda aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish;

nodavlat tibbiyot tashkilotining o`rta tibbiyot xodimlaridan iborat tibbiy punktlarini tashkil etish;

1 noyabrgacha bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1