AsosiyJamiyat
2538

Toshkentda 12 yoshli bola o`gay onasining zulmiga chidolmay uydan qochib ketdi

'Toshkentda 12 yoshli bola o`gay onasining zulmiga chidolmay uydan qochib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi B.I. ota-onasi 2012 yilda oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrashgandan so`ng otasining qaramog`ida qolgan. Biroz muddat o`tganidan so`ng uning onasi boshqa turmush qurib Turkiya davlatiga jo`nab ketgan. Bolaning otasi ham boshqa ayolga uylangan. O`gay ona tomonidan voyaga etmagan B.I. ga nisbatan doimiy davom etgan qiynoq va zulm bolani o`z uyidan chiqib ketishiga sabab bo`lgan. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.

Bolaning qarovsiz qolishi natijasida uning ta`lim olishi, tarbiyasi izdan chiqib ketganligi aniqlangan. Bola “Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markazi”ga joylashtirilgan. 

Hozirda uning ruhiy holatini yaxshilash borasida tegishli mas`ullar tomonidan belgilangan tartibda amaliy ishlar olib borilmoqda. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar