Xonanda Munisa Rizaeva keyingi paytlarda tashqi ko`rinishida yuz berayotgan o`zgarishlar plastik jarrohlikning o`rni haqida gapirib o`tdi.
“Ikki yil avval burnimni plastik operasiya qildirganman. Buni berkitib bo`lmaydi. Tishlarim ham qiyshiq edi, to`g`irlatdim. Doimo diqqat markazidagi insonga bu kerak, deb o`ylayman. Suratga olish ishlari, fotosessiyalar, videokliplarda doimo mana shu kamchiliklarimdan hijolat bo`lardim. Hatto jilmaya olmasdim ham. Hozir unday emas. Sochlarim o`zimniki, qoshimni o`stiryapman. Ammo bo`yamaganman, tatuaj ham qildirmaganman. Avval qoshlarim qalin edi, ularni ingichkalashtirganman. Endi bundan afsuslanyapman va o`stiryapman”—dedi xonanda.
Manba: “Tasvir” gazetasi





