Checheniston rahbari Ramzan Qodirov mintaqa rahbari sayloviga yangi muddatga o`z nomzodini ilgari surdi. Bu haqda TASS respublika saylov komissiyasiga tayanib xabar berdi, deya yozmoqda "lenta.ru"
Checheniston rahbariga to`g`ridan-to`g`ri saylovlar va mintaqaviy parlamentning yangi tarkibi 19 sentyabr kuniiga belgilangan.
Qodirov 26 iyun kuni nomzodini Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo`llab-quvvatlaganidan keyin yangi muddatga saylanish niyatini tasdiqladi.
23 iyun kuni videokonferensiya formatidagi ishchi uchrashuv davomida Putin Qodirovni yangi saylovlarda ishtirok etishga chaqirdi.
44 yoshli Ramzan Qodirov 14 yildan beri mintaqani boshqaradi. U 2000 yildan beri Rossiya mintaqalari rahbarlari tomonidan to`g`ridan-to`g`ri saylovlarda olingan ovozlarning mutlaq rekordiga ega. 2016 yilda u 97 foizdan ortiq ovoz oldi.
Aprel oyidagi gubernator korpusidagi o`zgarishlardan so`ng Qodirov viloyat rahbari sifatida etakchiga aylandi.