AsosiyJAMIYAT

Tanzila Narbaeva BMTning Markaziy Osiyo bo`yicha vakili bilan uchrashdi

2021 yil 15 iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbaeva BMTning Markaziy Osiyoda preven...

'Tanzila Narbaeva BMTning Markaziy Osiyo bo`yicha vakili bilan uchrashdi'ning rasmi

2021 yil 15 iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbaeva BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo`yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari N. German bilan uchrashdi.

Ma`lum qilinishicha, tomonlar MOPDMM va O`zbekiston o`rtasidagi hamkorlik masalalarini ko`rib chiqdi.

Mamlakatimiz BMT rezolyusiyalari va qarorlarini amaliyotga tatbiq etish, bu borada hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat berayotgani ta`kidlandi.

O`zbekiston BMT faoliyati doirasida mamlakatimizning milliy manfaatlarini ifoda etuvchi bir qator muhim va dolzarb tashabbuslarni ilgari surayotgani qayd etildi. Ular boshqa a`zo davlatlarning pozisiyalariga mos keladi.

Mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan yangilanishlar to`g`risida axborot berildi. Bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga barham berish, xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish shular jumlasidandir.

N.German amalga oshirilayotgan tashqi siyosat bo`yicha islohotlarni yuqori baholadi. Islohotlar natijasida Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va yaxshi qo`shnichilikning yangi siyosiy muhiti yaratildi.

Tomonlar tizimli muloqotni davom ettirishga va hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Qo'yliq dehqon bozori hududidagi oshxonada yong'in chiqdi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 05:48

Qo'yliq dehqon bozori hududidagi oshxonada yong'in chiqdi

Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

'Farg'onada qarovsiz binoda yong'in chiqib, ikki kishi halok bo'ldi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 03:52

Farg'onada qarovsiz binoda yong'in chiqib, ikki kishi halok bo'ldi

Xabar asosida hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar yong'inni qisqa vaqt ichida o'chirishga muvaffaq bo'lgan.

'Davlat xizmatchilari korrupsiyaning oqibatini ko‘rsin deb qamoqxonalarga olib boriladi'ning rasmi

JAMIYAT 16.06.2026 17:26

Davlat xizmatchilari korrupsiyaning oqibatini ko‘rsin deb qamoqxonalarga olib boriladi

Bunga o‘xshash amaliyot Qozog‘istonda ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2024 yilda mamlakat amaldorlarini tergov izolyatorlari va qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borish rejalashtirilgani xabar qilingan edi.

'Tramp Eron bilan kelishuv muzokaralari ikkinchi bosqichga o‘tganini aytdi'ning rasmi

JAMIYAT 16.06.2026 16:55

Tramp Eron bilan kelishuv muzokaralari ikkinchi bosqichga o‘tganini aytdi

“Bizda Eron bilan kelishuv bor. U muvaffaqiyatli bo‘lishi kerak”,— dedi Tramp.

'AQSh va Eron o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

JAMIYAT 16.06.2026 14:44

AQSh va Eron o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Biroq Isroil mazkur kelishuvga qo‘shilishi yoki uni qo‘llab-quvvatlashi yuzasidan hozircha aniq bayonot bermagan.

'Mirziyoyev Belarus Bosh vazirini qabul qildi'ning rasmi

JAMIYAT 16.06.2026 13:51

Mirziyoyev Belarus Bosh vazirini qabul qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchinni qabul qildi.