Malla sochli ayollarning axmoq bo`lishi haqidagi tasavvur haqiqatga to`g`ri kelmasligi aniq bo`ldi. Economics Bulletin jurnalida chop etilgan maqola mualliflari bo`lmish amerikalik tadqiqotchi olimlar ularning IQ bilim darajasi qora, qo`ng`ir, sariq sochli ayollarnikiga nisbatan ancha yuqori bo`lishini aniqlashdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Ogayo shtati Universiteti psixologlari 1979 yilda 14 yoshdan 21 yoshgacha bo`lgan yoshlar orasida o`tkazilgan milliy longityud tadqiqotlari natijasidan foydalanishdi. Bu tadqiqot ishtirokchilari nafaqat IQ testlaridan o`tishdi, balki o`zlarining soch ranglari haqidagi savollarga ham javob berishdi. Olimlar ob`ektiv ravishda taqqoslash uchun ma`lumotlar bazasidan Lotin Amerikasi va afrikalik fuqarolarni chiqarib tashladi.
Malla sochli ayollarning o`rtacha IQ si 103,2, qo`ng`ir sochlilarniki 102,7, sariq sochlilarniki 101,2, qora sochlilarniki esa 100,5 ballni ko`rsatdi. Bundan tashqari ularda IQ si yuqori bo`lgan insonlar guruhiga kirish imkoniyati ko`proq. Ammo olimlar malla sochli ayollarning boshqa ayollardan bilim darajasi ortiqligini isbotlangan dalil deb qabul qilmaslik kerakligini ta`kidlashgan, chunki IQ ni sinayotganda statistik xatoga ham yo`l qo`yilgan bo`lishi mumkin, biroq malla sochli ayollar boshqalar o`ylagandek o`ta axmoq emasligi aniq.
Boshqacha aytganda, “axmoq malla sochli ayol” haqidagi afsona haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Olimlarning ta`kidlashicha, malla sochli ayollar ishga kirayotganda, amal pillapoyasidan ko`tarilayotganda ularni malla sochli ekanligi uchun doimo kamsitishadi.





