1

“ELGA XIZMAT” MAHSULOTLARI SIFATIGA KIM JAVOBGAR?

Savol-javob 25.03.2016, 16:09
“ELGA XIZMAT” MAHSULOTLARI SIFATIGA KIM JAVOBGAR?

“Elga xizmat” korxonalari tomonidan sotilayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining sifati va yaroqlilik muddati qanday nazoratga  olingan? Ayniqsa, sut, go`sht kabi tez ayniydigan mahsulotlar sifati kafqolatlanganmi?

Asqad Tillaboev, Toshkent shahri

Javohir JAHONGIROV, “Toshbozorsavdo” uyushmasi Tozalik va savdo madaniyati bo`limi boshlig`i:

—  Bir paytlar “Elga xizmat” korxonalari tomonidan sotilgan mahsulotlar sifati borasida xaridaorlar tomonidan e`tirozlar bor edi. Bugungi kunda esa bemalol ayta olishimiz mumkinki, barcha turdagi mahsulotlar sifati nazoratga olingan. Shuningdek, eskirib qolmasligini ta`minlash borasida esa mahsulotlarning faqat bir kunlik bazasi bozorga olib kirilmoqda. 

Shuningdek, Toshkent shahar hokimining 2015 yil 18 avgustdagi “Toshkent shahri dehqon bozorlarida yoz mavsumida tez buziladigan go`sht va go`sht mahsulotlarining savdosini tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida 2015 yil 21 avgust kuni 6-sonli Farmoyish qabul qilindi va bozorlarda ijrosi ta`minlandi.

Sifati va muddati o`tib qolgan mahsulotlarga kelsak, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazining tayanch punktlari ko`rigi va xulosasiga asosan “yaroqsiz” deb topiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1