AsosiyDunyo

Restoranda yomon xizmat ko`rsatganiga qaramay, juftlik ofisiantni hayratga solib, 100 dollar choychaqa berdi

AQShning Sidar-Rapids shahrida yashovchi er-xotin Makkenzi va Stiven Shulslar oqshomni romantik tarzda o`tkazish uchun restoranga yo`l olishadi. Ammo ular restoranda buyurtma qilgan taomlarini keltirishlari uchun bir soatdan ortiq kutishlariga to`g`ri keldi. Bu erda xizmat ko`rsatish juda ham yomon va sust edi. O`sha kuni ko`pchilik mijozlar bunday xizmat ko`rsatishdan norozi bo`lib, ba`zilari esa hech nima iste`mol qilmay, o`rnilaridan turib ketishdi. Ammo ular esa... hammani hayratda qoldirdi, deb xabar berdi “Marketium.ru” nashri.

Juftlik boshqalar kabi g`azablanish o`rniga, ofisiantga 100 dollar choychaqa berdi … Ular nima uchun bunday yo`l tutganlarini Feysbukdagi sahifalarida quyidagicha izohlashdi:

“Bugun restoranda xizmat ko`rsatish juda yomon va sust edi. Oddiygina suv olib keltirishlarini 20 daqiqa, gazakni 40 daqiqa, asosiy buyurtmani esa 1 soatdan ortiq kutishimizga to`g`ri keldi. Atrofimizda o`tirgan odamlar bunday yomon xizmat ko`rsatishdan norozi bo`la boshlashdi, ularning g`azablanishiga asos bor edi. Bu erda ofisiantning aybi yo`q, balki restoranda ishchi kuchi etishmasligi sabab edi. Ofisiant yigitni kuzatib o`tirdik, bechora bir paytning o`zida zalning u boshidan bu boshiga yugurib, 12 ta stolga xizmat qilar, mijozlar oldida o`ng`aysizlanib, uzr so`rardi. Bu ish hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Shunda Stivenga “Esingdami, biz ham bir paytlar shunday elib-yugurib,  bir necha stollarga xizmat qilardik... Bu yumushni yaxshi ko`rganimizdan, bizga yoqqanidan emas, ilojsizlikdan, choychaqa uchun bajarardik”, dedim. Bunday xizmat ko`rsatishda ofisiant yigit choychaqasiz qolishini o`ylab, Stiven bilan maslahatlashdim. Ofisiant yigit kelgunga qadar, chekka “Qachonlardir biz sening o`rningda bo`lganmiz...”, deb yozib 100 dollar choychaqa qoldirdik. Buni 100 dollar choychaqa berganimni aytib, maqtanish uchun emas, balki barchamiz bir paytlar kim bo`lganimizni hech qachon unutmasligimiz uchun yozdim. Birovning ustidan hukm chiqarishdan oldin, vaziyatni to`g`ri baholashga, uni to`g`ri tushunishga harakat qiling va o`tmishingizni hech qachon unutmang...” 

Bunday harakat tahsinga loyiq!

Boshqa yangiliklar