2021 yil 21 iyul kuni soat 14:00 larda Namangan Kosonsoy-To`raqo`rg`on-Mingbuloq yo`lida yth sodir bo`ladi.
Namangan viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi 1960 yilda tug`ilgan fuqaro ishonch qog`ozi orqali boshqaruvida bo`lgan Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmasdan, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 2011 yilda tug`ilgan qizni urib yuborgan.
Natijada, piyoda qov suyagini sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
"Ushbu holat bo`yicha hozirda To`raqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 iyul kuni O`z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan."-deyiladi xabarda.