Fuqaroni Qirg`iziston oliygohiga o`qishga kiritib, keyin O`zbekistonga o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, fuqaro E.E. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni 7 000 AQSh dollari evaziga Qirg`iziston Respublikasi tibbiyot oliygohiga o`qishga kiritib, birinchi bosqichni tugatganidan so`ng tanishlari orqali o`qishini Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko`chirib berishni va`da qilib, oldindan 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.",-deyiladi xabarda.