Namanganda fuqaro shifokorni do`pposladi (video)

Jinoyat 04.08.2021, 16:42
Teglar: ​Namangan, shifokor, mushtlashuv
Namanganda fuqaro shifokorni do`pposladi  (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikada fuqaro shifokorni ayamasdan tagiga bosib olib do`pposlayotganligi aks etgan video tarqaldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Video lavhada yuz bergan holat bo`yicha 2021 yil 28 iyul kuni Namangan shaxar IIO FMB 2-son IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabar asosida IIB xodimlari tomonidan voqea joyiga borilib tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Unga ko`ra, Namangan shahar Yangiqurilish MFYda joylashgan 10-sonli oila poliklinikada shifokor bo`lib ishlovchi, 1994 yilda tug`ilgan N.K.ni oldiga Namangan shahrida yashovchi 1999 yilda tug`ilgan B.N. akasi 1996 yilda tug`ilgan G.N.lar o`g`lini sog`lig`i yashi emasligi va tana harorati ko`tarilib ketganligidan shikoyat qilib tibbiy yordam so`rab kelgan. N.K. tibbiy ko`rikni o`tkazib tana harorati ko`tarilmaganligini aytganida, shunda 1999 yilda tug`ilgan B.N. noto`g`ri tashxis qo`yyapsan deb janjal ko`tarib shifokor bilan mushtlashib ketganligi oqibatida shifokor yuz, bosh va qo`l qismiga jaroxat olganligi aniqlangan.

Shifokorni olgan tan jarohati bo`yicha sudga oid ekspertiza tayinlangan bo`lib, 2021 yil 04 avgust kungi xulosaga ko`ra shifokor bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi, o`ng qo`l tirsak sohasi shilingan jaroxati, peshona, o`ng chakka, o`ng ko`z yuqori qovoq soxasi qontalash jaroxatlari borligi ushbu jaroxat tibbiy mezonga ko`ra og`irlik darajasi bo`yicha sog`liqni buzilishiga sababchi bo`lgan engil tan jaroxati ekanligi aniqlangan.  

Yuqoridagi holat bo`yicha Namangan shaxar IIO FMB TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
Namanganda “Nexia-2” kanalga tushib ketdi (video)

04.01.2023, 12:40

Namangan viloyati Chortoq tumani "Ayqiron" MFY hududidan oqib o`tuvchi katta Namangan kanaliga “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yo`qotib, tushib ketdi. Bu haqda...
Namanganda "Lacetti" kelib urilgan "Vaz 2107" yonib ketdi. Vafot etganlar bor

27.08.2022, 13:25

Namanganda sodir bo`lgan YTH o`lim bilan yakunlandi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, kecha, 27 avgust kuni soat 03:45larda 4R-112 "Farg`ona...
Namangandagi “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohidan “Qur`oni Karim” kitobining qo`lyozma nusxasi o`g`irlab ketildi

15.08.2022, 17:33

2022 yilning 9 avgust kunidan 10 avgust kuniga o`tar kechasi  soat 00:04larda noma`lum shaxslar Chortoq tumani Baliqko`l MFYda joylashgan “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohida mavjud bo`lgan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1