AsosiyJamiyat

"Aybdorlarga nisbatan keskin jazo choralari ko`riladi" – SSV Namanganda do`pposlangan shifokor bo`yicha munosabat berdi

'"Aybdorlarga nisbatan keskin jazo choralari ko`riladi" – SSV Namanganda do`pposlangan shifokor bo`yicha munosabat berdi'ning rasmi

Avvalroq, Namanganda fuqaro shifokorni do`pposlagani haqida xabar bergan edik. 

Sog`liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi. 

Unga ko`ra, Cog`liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan o`rganishlar olib bormoqda. Ushbu tajovuz nima sababdan yuz bergani aniqlashtirilib, jarayonga huquqiy baho berish maqsadida tegishli organlar tomonidan aybdorlarga nisbatan keskin jazo choralari ko`rilishi ta`minlanadi.

Eslatib o`tamiz, bundan avval Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli organlarga murojaati natijasida Pastdarg`om tumanida tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan fuqaroga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan edi.  

Bundan tashqari, joriy yilning 1 mart kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali tez tibbiy yordam shifokori X.Mga xizmat vaqtida fuqaro D.O tomonidan qilingan tajovuz uchun 2021 yil 16 martdagi sud hukmiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasining tegishli qismi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan edi va hozirda fuqaro D.O jazo muddatini o`tamoqda.

"Sog`liqni saqlash vazirligi mamlakatimizdagi har bir tibbiyot xodimi, jumladan, Namangan shahridagi tajovuzda jabrlangan tibbiyot xodimining manfaatlarini ham qat`iy himoya qilish uchun qonunda belgilangan barcha choralarni ishga soladi",–deyiladi vazirlik axborotida. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar