Jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudi raisi Baxrom Tashpulatovning raisligida o`tgan ochiq sud majlisida 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga qonunga xilof ravishda sotmoqchi bo`lgan 25 yoshli ayolga hukm o`qildi.
Sud majlisi davomida ayol aybiga to`liq iqrorligini bildirdi.
Ayol tahminan 1-2 yillar oldin bir erkak bilan tanishib qolgan. Issiqxonada ishlab yurganida bir nafar o`g`li bo`lgan va ikkinchi farzandiga homilador ekan. Oradan vaqt o`tib, ikkinchi o`g`il farzandi dunyoga kelgan. Ayolning aytishicha, sharoiti judayam og`ir, bolallariga qarashga va ularni ta`minlashga imkoniyati bo`lmagan. Erkak esa bir oy oldin ayolga “bolalaringni bittasini berib yubor, ularni boqa olmayapsan, qiynalyapsan. Sevishib turmush qurishgan bir ayol bor ekan, bolasi yo`q, savob bo`ladi”, degan. Avvaliga “Yo`q, bera olmayman, qamalib ketishni xohlamayman”, degan ayol vaqt o`tib, atrofidagilarinig bu taklifiga rozi bo`lgan.
Hatto xaridorga “bolani olib qo`ymayman va da`vo qilmayman” deb tilxat ham yozib bergan. Ayol 10.000 AQSh dollarni olib, hozirda 8 oylik bo`lgan farzandini xaridorga berganida Departament xodimlari tomonidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilgan.
2021 yil 3 avgust kuni sud yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, sud majlisida so`roq qilingan guvohlarni ko`rsatmalarini tinglab, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlariga rioya qilib, hukm qildi. Ayolni JKning 135-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topib, JKning 57-moddasini qo`llab, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazosi umumiy tartibli kaloniyalarda o`tashlik belgilandi.
24.01.2023, 10:05
Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...30.11.2022, 21:19
Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida 100 nafar jabrlanuvchini ishonchiga kirib, qariyb 550 million so`mni talon taroj qilgan 3 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi...28.11.2022, 12:43
Avval xabar qilganimizdek, bugun, 28 noyabr kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi...27.10.2022, 19:44
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning behayo harakatlari aks etgan video tarqalib ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan Yu.B. hamda...