Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov organlariga kelmasdan noma`lum tomonga yashiringanligi sababli, Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz tuman sudi tomonidan qidiruv e`lon qilingan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” jazosi qo`llanilgan.
Tergov organlaridan qochib yurgan qidiruvdagi shaxs X.Ilhom 2021 yilning 7 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, qo`lga olingan.
X.Ilhom sodir qilgan jinoyatiga jazo muqarrarligi ta`minlanishi uchun Termiz shahar Ichki ishlar bo`limi Vaqtincha saqlash hibsxonasiga topshirilgan.